01 jan 14:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillian Uayt: Joshuada hamon sukunat
Bir muddat avval matbuotda superog'ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshuaning aprel oyiga belgilangan jangi haqida malumot berilgandi.
Unda britaniyalik jahon chempionining hamyurti Dillian Uaytga qarshi ringga ko'tarilishi haqida aytilgandi. Bu borada Joshuaning promouteri Eddi Xirn Dillianning jamoasi bilan muzokara o'tkazishi kerak edi.
Uayt Soccer FM radiosi efirida bu haqda to'xtalib, hozircha hech qanday vada bajarilmaganini aytib o'tdi.
“Men bilan o'tgan haftada bog'lanmoqchi bo'lishgandi. Lekin hozircha Joshuaning jamoasidan hech qanday xat-xabar yo'q. Ammo, bu jang ertami-kech baribir o'tkaziladi. Entoni bilan ilk jangimizda men jarohat bilan harakat qilgandim. Bu safar hammasi boshqacha bo'lishi kerak”, - dedi Uayt.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar