07 mar 08:21
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/56404_220.jpg)
Dillian Uayt promouterini almashtirmoqchi
Superog'ir vazn toifasidagi bokschi Dillian Uayt o'z promouterini almashtirish haqida o'ylamoqda.
Jahon chempionlik kamari uchun davogar bo'lgan britaniyalik bokschi Bob Arumga tegishli Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan muzokaralarni boshlashga ham ulgurdi.
ESPN telekanali xabariga ko'ra, tomonlar shartnoma imzolashga juda yaqin turishibdi. Gap Dillian Uaytning AQSHda bir nechta jang o'tkazishi haqida bormoqda. Uayt shu kungacha britaniyalik promouter Eddi Xirn bilan ishlab kelayotgandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar