16 iyu 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillian Uayt: Tayson, seni xatto qariya Onam ham nokaut qila oladi
Britaniyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Dillian Uayt hamyurti Tayson Fyurining bugungi jangiga munosabat bildirdi.
Xabaringiz bor, bugun tongda Fyuri AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilgan professional boks oqshomida germaniyalik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Tom SHvarcni nokautga uchratgan edi.
“Bugun jang emas, komediya tomosha qildik. Kechasi bilan kutib o'tirgan vaqtimga achinib ketdim. Tayson Fyuri bunday raqiblar bilan jang qilishdan uyalishi kerak. Qayoqdagi “qoplar” bilan jang qilib, mendan qochib yuribdi. Ey Tayson, seni xatto qari Onam ham birinchi raunddayoq nokautga uchrata oladi”, - dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar