17 apr 09:27
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/62714_220.jpg)
Dillian Uayt: Uaylder - narkoman!
Britaniyalik bokschi Dillian Uaytning fikricha, WBC chempioni Deontey Uaylder Dominik Brizilni qiyinchiliksiz mag'lub etadi.
“Bu Uaylder uchun juda engil jang. Deontey Brizilni qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratadi. Dominik undan qo'rqadi. Men ularning matbuot anjumanidagi fikrlari, o'zlarini tutishlarini kuzatdim, ochig'i, Dominik qaltiramoqda.
Uaylder “men qotilman, sen hech qachon haqiqiy bokschiga qarshi ringga chiqmagansan”, deb ko'p takidlamoqda. Ey, bu nima deganiing ahmoq? Bu sport, sen hech qanday qotil emasan. Sen shunchaki narkomansan! Bu toifa insonlar nima deyotganini anglamaydi. Ular ongsizlarcha har bir ishga qo'l urishadi. Yana takrorlayman, u - narkoman!, - dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar