15 fev 10:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillian Uaytning aprel oyidagi jangi o'tkazilmaydi
Superog'ir vazn toifasidagi britaniyalik bokschi o'zining navbatdagi jangini belgilangan vaqtdan keyinroq vaqtinchalik WBC chempionlik kamari uchun o'tkazadi.
Bu malumotni britaniyalik promouter Eddi Xirn ham tasdiqladi. Reja bo'yicha Uayt 13 aprel kuni uchta asosiy yo'nalishi chempioni Entoni Joshuaga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi.
Lekin keyinchalik Joshua o'ziga boshqa raqib topdi. Keyin Uaytning 20 aprel kuni jang o'tkazishi belgilandi. Ammo, so'nggi malumotda aytilishcha, Dillian ishtirokidagi jang yoz oyida bo'lib o'tadi. Uning raqibi Dominik Brizil bo'ladi.
Havola :
Fikrlar