05 mar 09:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillian Uaytning navbatdagi jang sanasi malum qilindi
Britaniyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Dillian Uayt o'zining navbatdagi jangini iyul oyida o'tkazadi.
Bu malumotni bokschining promouteri Eddi Xirn ham jurnalistlar bilan suhbatda tasdiqladi.
“Dillian 13 iyul kuni ringga chiqadi. Uning ishtirokidagi jang London shahrida bo'lib o'tadi. Uaytning raqibi katta ehtimol bilan Dominik Brizil bo'ladi. Dillian aynan u bilan jang o'tkazishni istayapti”, - dedi Xirn.
Xirnning aytishicha, ushbu boks oqshomida yana britaniyalik Derek CHisora hamda Yangi Zelandiya vakili, sobiq jahon chempioni Jozef Parker o'rtasidagi jang ham tashkil etilar ekan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar