05 noy 18:30
Yangiliklar
Qilichbozlik
Dilnaz Murzataeva va Bibimaryam Saparova El-Salvadordagi Jahon Kubogi bosqichida shohsupaga ko'tarildi
El-Salador mamlakatida shpaga bo'yicha yoshlar o'rtasida Jahon Kubogi bosqichi o'tkazilmoqda.
Etiborlisi, El-Salvadordagi musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari birinchi kunda 1 tadan oltin va bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Qizlar o'rtasida kechgan bellashuvlarda Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari sovrindori Dilnaz Murzataeva barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo'ldi. Murzataevaga yarim finalda 14:15 hisobida imkoniyatni boy bergan yana bir hamyurtimiz Bibimaryam Saparova esa bronza medali bilan taqdirlandi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar