17 mar 13:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Diskvalifikaciyani o'tab qaytgan Benavides raqibini nokautga uchratdi
Ikkinchi o'rta vazn toifasida sobiq WBC yo'nalishi chempioni Devid Benavides diskvalifikaciyani o'tab qaytdi.
Bokschining qon tarkibida kokain moddasi aniqlangani bois boks faoliyatidan chetlatilgan edi. Benavidis bugun Jeyleon Lavaga qarshi ringga ko'tarildi. Jangning ikkinchi raundida u raqibini nokautga uchratdi.
Bugungi g'alabadan so'ng 22 yoshli Benavides WBC chempioni Entoni Dirrellga qarshi ringga chiqishga tayyor ekanligini malum qildi. Dirrell vakant bo'lib qolgan ushbu chempionlik kamarini Avni Yildirimni mag'lub etgach, qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar