13 okt 09:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Dmitriy Bivol Leninga qarshi jangda WBA kamarini himoya qildi
Hozirgina AQSHning CHikago shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Dmitriy Bivol dominikanlik Lenin Kastiloga qarshi ringga ko'tarildi. Rossiyalik jahon chempioni to'liq 12 raund davom etgan jang yakunida raqibini 120-107, 119-108, 119-108 hisobida mag'lub etdi.
Bivol oltinchi raundda Leninni nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi. CompuBox statistikasiga ko'ra, Dmitriy Bivol jang mobaynida jami 652 ta zarba yo'llagan va shulardan 188 tasi aniq manzilga etib borgan. Kastilo esa 429 ta zarba bergan va ulardan 98 tasi aniq bo'lgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar