09 apr 11:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Dmitriy Bivol Saul Alvaresga qarshi jang qilishni istamoqda
Yarim og'ir vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Dmitriy Bivol ikkinchi o'rta vazn toifasida Saul Alvaresga qarshi jang qilmoqchi.
"Men bir yildan buyon Kanelo bilan jang qilish uchun ikkinchi o'rta vaznga tushishga tayyor ekanligimni aytaman. Koronavirus vaqtida ham mashg'ulotlarni to'xtatayotganim yo'q. Ijtimoiy tarmoqlarda Kanelo ham shug'ullanayotganini ko'rdim.
Jamoam "Golden Boy" kompaniyasi bilan bu borada muzokaralar olib borgan. Biz ushbu jangni o'tkazishga tayyormiz.
Asosiy maqsadim gonorar emas, jahonning eng kuchli bokschisiga qarshi jang qilishdir. Uni mag'lub etishimni bilaman va shundan so'ng g'alaba nashidasini suraman", - dedi Bivol.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar