24 fev 11:13
Yangiliklar
Velosport

Dmitriy Bocharov - Osiyo chempioni!
Malayziyaning Nilay shahri velosportning trek yo'nalishi bo'yicha kattalar, yoshlar va parasportchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Qita birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi yana bir medalga ega chiqdi. Bu safar erkaklar o'rtasida tashkil etilgan skretch dasturida O'zbekiston terma jamoasi azosi Dmitriy Bocharov eng yaxshi natijani qayd etgan holda oltin medalni qo'lga kiritdi.
G'olib va sovrindorlar:
1. Dmitriy Bocharov (O'zbekiston)
2. Kazushige Kuboki (Yaponiya)
3. Terri Kusuma (Indoneziya).
Ahamiyatlisi, o'zbekistonlik sportchi bu dasturda amaldagi Jahon chempioni, yaponiyalik Kazushige Kubokini ortda qoldirgan holda tengsiz bo'ldi. Bundan tashqari, Bocharov skretch dasturida Osiyo chempioniga aylangan ilk o'zbek velosportchisiga aylandi.
Havola :
Manba : minsport
Fikrlar