19 noy 14:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Dmitriy “Mexanik” Mixaylenko “nokautchi”ni engib, chempionlik kamariga ega bo'ldi
Professional boksning yarim o'rta vazn (66,7 kg) toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan rossiyalik bokschi Dmitriy “Mexanik” Mixaylenko navbatdagi g'alabasini tantana qildi.
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil etilgan boks kechasida u kolumbiyalik “nokautchi” Breydis Preskottga qarshi ringga ko'tarildi. Jang vaqtinchalik WBC Silver chempionlik kamari uchun kechdi.
Birinchi bo'limda 33 yoshli Preskott raqibini chap qo'lda bergan kuchli zarbasi evaziga nokdaun holatiga tushirib qo'ydi.
SHunga qaramay, Mixaylenko tezda o'ziga kelib oldi va ettinchi raundda Breydisni ringga qulatdi. Preskott jangni davom ettirishga o'ziga kuch topa olmadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar