05 avg 09:32
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/79357_220.jpg)
Dog'istonda o'tkazilgan musobaqa sovrindorlari tantanali kutib olindi
29 iyul - 3 avgust kunlari Dog'iston Respublikasining Kaspiysk shahrida boks bo'yicha Magomed-Salam Umaxanov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
Bugun tong saharda ushbu musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Kutib olish marosimida O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
G'olib va sovrindor sportchilarimiz:
Oltin:
-52 kg: Abror Qodirov
-56 kg: Abdulhay SHorahmatov
Kumush:
-60 kg: Otabek Xolmatov
-69 kg: Bilolbek Mirzarahimov
-75 kg: Saidjamshid Jafarov
Bronza:
-52 kg: SHahobiddin Zoirov
-75 kg: Akmurad Gaffarov
+91 kg: Lazizbek Mullajonov
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar