29 mar 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Dog'istonlik UFC debyutanti: "Men changalzorning yangi qiroliman!"
Dog'istonlik UFC jangchisi Aliasxab Xizriev yangi promoushendagi rejalari haqida gapirdi.
"Bu mening orzum edi. UFC bilan shartnoma imzolaganimga bir yil bo'ldi, biroq shu vaqt oralig'ida juda ko'p janglarim bekor bo'ldi. Debyutdagi raqibim ancha kuchli ekan. Men uni birinchi raundning o'zida ham mag'lub etishim mumkin edi. Biroq o'xshamadi.
Men istalgan yakkakurash ustasiga qarshi jang qilishga tayyorman. Ertaning o'zidayoq jang qilaveraman. Barchasini mag'lub eta olaman. Men changalzorning yangi qiroliman!", - dedi Xizriev.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar