19 iyu 18:29
Yangiliklar

Qurolli hujumga uchragan PFL chempioni voqeylikka ilk bor izoh berdi
"Menda hech kim bilan ziddiyat bo'lmagan. Hujum uyushtirganlar niqobda edi. Ular hatto ayollar bo'lishi ham mumkin. Videoda erkaklarni ko'rmadim. SHuning uchun menga kim hujum qilganini aniq ayta olmayman", - deya Xizrievning so'zlarini keltiradi Metaratings.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin o'z avtomobili yonidagi avtoturargohda turgan 29 yoshli Xizrievga nomalum shaxslar hujum qilib, travmatik to'pponchadan bir necha marta o'q uzgandi.
Malumot uchun, Xizriev so'nggi jangini 2024 yilning noyabr oyida PFL mavsumi finalida Brendan Loxneynga qarshi o'tkazgan va unda hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi. Bu g'alaba unga chempionlik kamarini taqdim etgandi. Timur shu kungacha o'tkazgan 18 ta jangining barchasida g'alaba qozongan.
Fikrlar