15 avg 12:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Donald "Kovboy" Serronening navbatdagi raqibi va jang sanasi malum
Engil vaznda UFC chempionlik kamariga sobiq davogar Donald Serrone o'zining navbatdagi raqibi nomini bilib oldi.
Promoushenning faxriy jangchisi 19 sentyabr kungi UFC oqshomida Niko Praysga qarshi oktagonga ko'tariladi. Jang bo'yicha kelishuvga erishilgan, shu kunlarda rasman shartnoma imzolanadi.
Eslatib o'tamiz, Donald Serrone shu yilning may oyida hakamlar qaroriga ko'ra Entoni Pettisga ochkolar hisobi bo'yicha yutqazib qo'ygandi. SHu yilning yanvarida esa Konor Makgregorga bir daqiqa ichida imkoniyatni boy bergan edi. Donald ketma-ket to'rtta jangda mag'lubiyatga uchradi. 30 yoshli Niko Prays esa may oyida Jeksonvill (Florida shtati, AQSH) Visente Lukega texnik nokaut evaziga yutqazib qo'ygan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar