06 noy 09:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Doner chempionlik kamarini mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschiga topshirdi
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida davom etayotgan professional boks kechasi doirasida yana bir qiziqarli jang bo'lib o'tdi.
Birinchi yarim engil vazn toifasida WBO chempioni bo'lib kelgan Nonito Doner o'z titulini mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Jessi Magdalenoga topshirib qo'ydi.
O'n ikki raund to'liq davom etgan jangda amerikalik 24 yoshli bokschi ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Hakamlarning ikki nafari 116-112, yana biri 118-110 hisobida g'alabani Magdalenoga taqdim etishdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar