01 jan 08:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Donni Nietes to'rtinchi vaznda jahon chempioniga aylandi
Yangi yil oqshomida Makao davlatida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangida Donni Nietes (42-1-5, 23 KO) ringga ko'tarildi. U birinchi engil vazn toifasida vakant bo'lib qolgan WBO chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Filippinlik 36 yoshli bokschining raqibi yaponiyalik Kazuto Ioku (23-2, 13 KO) bo'ldi. O'n ikki raundlik jang yakunida Nietes 118-110, 116-112, 112-116 hisobida g'alaba qozondi. Bu bilan u to'rtinchi vazn toifasida jahon chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar