01 mar 12:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Donni Nietes WBO kamaridan voz kechdi
To'rtta vaznda jahon chempioni Donni Nietes birinchi engil vazn toifasidagi WBO chempionlik kamaridan voz kechdi.
Nietes kamarini rasmiy davogar Aston Paliktedan himoya qilishi kerak edi.
"Men bu haqda uzoq o'yladim. Bir qarorga kelish oson bo'lgani yo'q. Hozir 37 yoshman va tabiiyki, bu yoshda har bir jang men uchun muhim hisoblanadi. Bitta katta jangda ringga chiqishni va undan keyin boksdan ketish haqida o'ylayapman", - deyiladi Nietesning WBO prezidenti Fransisko Valkarselga yo'llagan maktubida.
Endi Aston Palikte katta ehtimol bilan vakant bo'lib qolgan chempionlik kamari uchun WBO reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan yaponiyalik Kazuto Iokaga qarshi ringga chiqadi.
Havola :
Fikrlar