16 iyu 07:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Dortikos WBSS finaliga chiqdi hamda IBF kamarini qo'lga kiritdi
Latviya poytaxti Riga shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglarning biri birinchi og'ir vazn toifasida o'tkazildi. Ushbu jang Butunjahon boks superseriyasi (WBSS) ning finalchisini ham aniqlab berdi.
Unda kubalik 33 yoshli Yuner Dortikos amerikalik 29 yoshli Endryu Tabitiga qarshi ringga ko'tarildi. Dortikos 10-raundda raqibini nokautga uchratdi. Ushbu g'alaba evaziga Yuner WBSS finaliga chiqish barobarida Usikdan keyin vakant bo'lib qolgan IBF kamarini qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, kubalik bokschi faoliyatidagi 24-g'alabasiga erishdi. Uning hisobida bitta mag'lubiyat bor. Tabiti faoliyatida ilk bor yutqazdi. Endryu hisobida 17 ta g'alaba bor.
Havola :
Fikrlar