13 fev 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Doston Turdiev 23 fevral kuni Rossiyada jang o'tkazadi
Professional bokschimiz Doston Turdiev o'zining navbatdagi jangini 23 fevral kuni o'tkazadi.
Hamyurtimiz Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko'tariladi. Bu Dostonning faoliyatidagi to'rtinchi jangi bo'ladi. Turdiev shu kungacha o'tkazilgan uchta jangida g'alabaga erishgan.
Bokschimizning raqibi rossiyalik Vaginak Tamrazyan bo'ladi. SHu kunlarda Doston Turdiev murabbiyi Nabi Ismanov qo'l ostida bo'lajak jangga tayyorgarlik ko'ryapti.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar