24 fev 07:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Doston Turdiev shamollab qoldi, jang bekor qilindi
Professional bokschimiz Doston Turdiev o'zining navbatdagi jangini kecha o'tkazishi kerak edi.
Hamyurtimizning Ekaterinburg (Rossiya) shahrida tashkil etilgan boks oqshomida ringga ko'tarilishi rejalashtirilgandi. Lekin Dostonning shamollab qolishi natijasida jang bekor qilindi.
Bokschimizning raqibi rossiyalik Vaginak Tamrazyan edi. Turdiev professional boksdagi faoliyati mobaynida 3ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alabaga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar