So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

25 dek 13:21
Yangiliklar

Og'ir atletika

Doston Yoqubov 2017 yilning eng yaxshi og'ir atletikachisi!

O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi yil yakunlariga bag'ishlangan tantanali kecha tashkil etdi.

Poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasida bo'lib o'tgan kechada O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov va mamlakat og'ir atletika federaciyasi raisi Botir Zakirovlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida og'ir atletika federaciyasi bir necha nominaciyalar bo'yicha g'oliblar nomini elon qildi va ularni diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirladi. Dastlab R.Qurbonov joriy yilning 30 noyabr-6 dekabr kunlari AQSHning Anaxaym shahrida bo'lib o'tgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining g'olib va sovrindorlariga davlatimiz tomonidan ajratilgan pul mukofotlarini topshirdi.

Xabaringiz bor, okean ortida bo'lib o'tgan jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk marotaba musobaqani kuchli uchlikda yakunladi. Doston Yoqubov 69 kg. vazn toifasida oltin medalga sazovor bo'lgan bo'lsa, 94 kg. vazn toifasida Farxodbek Sobirov kumush medalini qo'lga kiritdi. Ivan Efremov esa 105 kg. vaznda bittadan kumush va bronza medallariga ega chiqdi. SHuningdek, Adhamjon Ergashev ( 62 kg.) delegaciyamiz hisobiga bronza medalini qo'shib qo'ydi.


Taqdirlash marosimida oltin medal sohibi Doston Yoqubovga 12 000, Farxodbek Sobirov va Ivan Efremovlarga 6 000 va Adhamjon Ergashevga 3 000 AQSH dollari miqdorida mukofot pullariga sertifikat topshirildi.

Doston Yoqubov shuningdek, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi sportchisi” deb elon qilindi va diplom hamda esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi. Uning ustozi Farxod Mirzadjanov esa “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominaciyasida g'olib chiqdi va federaciya rahbariyati tomonidan mukofotlandi.

Federaciyaning rag'batlantiruvchi mukofotlari ko'p yillik samarali mehnatlari uchun sport faxriysi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi Erkin Karimov va O'zbekiston yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi Boris Savchenkoga topshirildi.


Federaciyaning Xorazm viloyati bo'limi terma jamoalarimizga munosib nomzodlar etishtirib berishdagi alohida faolligi va mintaqada sportning ushbu turi taraqqiyotiga qo'shgan hissasi hisobga olinib “Yilning eng yaxshi hududiy federaciyasi” nominaciyasida g'olib deb topildi.

Tadbir davomida shuningdek, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisi Botir Zakirov o'tkazilgan xalqaro seminar ishtirokchilari va mehmonlari - Milan Mixaylovich (Serbiya), Vladimir Saltikov (Rossiya) va Kulman Nysanbaeva (Qozog'iston)larga federaciyaning tashakkurnomalari va milliy urf odatlarimizga ko'ra esdalik sovg'alarini topshirdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing