02 dek 13:24
Yangiliklar
Doston Yoqubov jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritdi
Bugun erkaklar o'rtasida 69 kg. vazn toifasida bellashuvlar bo'lib o'tdi. Ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Doston Yoqubov siltab ko'tarishda 179 kg. og'irlikni o'ziga bo'ysundirib, oltin medalga sazovor bo'ldi.
Ikkinchi o'rinni koreyalik sportchi Von Jeongsuk (178 kg.) egallagan bo'lsa, bronza medali franciyalik Kingue Matamga (178 kg.) nasib etdi. Doston dast ko'tarishda 135 kg. natijasini qayd etgandi.
Demak, summada hamyurtimiz ko'rsatgan natija 314 kg. og'irlik bo'ldi. Ikkikurash yakunlariga ko'ra Koreya Respublikasi vakili Von Jeongsuk (148+178=326 kg.) oltin medalga ega chiqqqqan bo'lsa, tailandlik Bunsuk Tairat (147+174=321 kg.) kumush medaliga loyik ko'rildi.
Franciyalik Kingue Matam (141+177=318 kg. ) esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi. Siltab ko'tarishda oltin medal sohibi bo'lgan Doston Yoqubov ikkikurash yakunlariga ko'ra (135+179=314kg.) oltinchi o'rin bilan cheklandi.
Fikrlar