09 dek 11:21
Yangiliklar

Dostonbek Turdievda g'alaba, endi u chempionlik kamari uchun ringga chiqadi
Tailandning Xua Xin shahrida osiyolik bokschilar uchun mo'ljallangan IBF yo'nalishidagi Buyuk Ipak yo'li turnirining yarim final janglari o'tkazildi. Unda o'zbekistonlik Dostonbek Turdiev ham ringga ko'tarildi.
Hamyurtimiz mezbon bokschi Komsan Polsanga qarshi jang o'tkazdi. Sakkiz raundga mo'ljallangan jang yakunida hakamlar bir ovozdan Turdievning g'alabasini taminlashdi. Endi Dostonbek fevral oyida xitoylik bokschiga qarshi final jangida ringga chiqadi.
Xitoyda o'tkaziladigan final jangi g'olibi IBF Inter-continental chempionlik kamarini qo'lga kiritadi. Bu esa bokschiga o'rta vazn (66 kg) toifasida to'laqonli IBF chempioniga qarshi haqiqiy chempionlik kamari uchun jang o'tkazish imkoniyatini beradi.
Fikrlar