27 fev 18:41
Yangiliklar

Drogba Mourinoni himoya qildi: "Qanaqasiga mening "otam" irqchi bo'lishi mumkin?"
Hech kimga sir emas forvard va murabbiy o'z vaqtida "CHelsi"da birga ishlagan.
"Qadrdon, "Galatasaroy".
Sizlar klub libosini kiyganim va Turkiyaning eng sovrindor jamoasi sharafini qanday g'urur bilan himoya qilganimni yaxshi bilasiz! Bu erda raqobat naqadar olovli va ehtiroslarga boy bo'lishini hammamiz yaxshi bilamiz, tushunamiz.
Men Joze Mourino haqidagi izohlarni ko'rdim. Menga ishoning, men Jozeni 25 yildan buyon bilaman va u irqchi emas hamda avval bo'lgan va yaqinda sodir bo'lgan holatlar buni tasdiqlamoqda.
Keling, yaxshisi, "sherlar"imizning o'yinlariga etibor qaratamiz va chempionlikni qo'lga kiritish xaqida o'ylaymiz. SHu yo'l bilan biz beshinchi yulduzga yaqinlashamiz.
Qanaqasiga mening "otam" irqchi bo'lishi mumkin? Bas qiling, yigitlar".
Fikrlar