21 fev 11:52
Yangiliklar
Tennis
Dubai Duty Free Tennis Championships. Jessika Peguladan kambek va u finalda!
BAAning Dubay shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning beshinchi raketkasi Jessika Pegula musobaqaning ilk finalchisiga aylandi. Amerikalik tennis malikasi 1/2 finalda reytingda o'zidan bir pog'ona quyida borayotgan vatandoshi Amanda Anisimovani kambek evaziga mag'lubiyatga uchratdi - 1/6, 6/4, 6/3.
Tennischilarning o'zaro beshinchi uchrashuvida ham Pegula ustun ekanini isbotladi - 5:0. Ikki soatu uch daqiqa davom etgan bahsda Pegula 2, Anisimova 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 4 tadan breyk qayd eta oldi. Jessika ikkinchi setda 1/3 va 3/4 hisoblarida yutqaza turib, breykka erishdi. U sakkizinchi marotaba WTA 1000 turnirlari finalida o'ynaydi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar