15 may 14:44
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning beshinchi raketkasi ham 1/4 finalga chiqdi
Rim "Masters" turnirida chorak final ishtirokchilari aniqlandi.
Dunyoning beshinchi raketkasi bo'lib turgan germaniyalik Aleksandr Zverev to'rtinchi davrada ATP reytingida 53-pog'onadan joy olgan portugaliyalik Nunu Borgeshdan ustun keldi - 6/2, 7/5. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Sakson olti daqiqa davom etgan bahsda Zverev 9, Borgesh 2 ta eys zarbani amalga oshirgan. Qo'shxatolar g'olib tennischida ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Breyklar bo'yicha ustunlik ham Zverev tomonda - 4 ga 1.
Olmon tennischisi faoliyatida 28-marotaba "Masters" turnirlarining 1/4 finalida o'ynaydi. Uning Internazionali BNL d'Italia bu bosqichidagi raqibi amerikalik Teylor Fritc bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar