18 avg 11:35
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raketkasi 17 yoshli raqibasini qiyinchilik bilan engdi
AQSHning Cincinnati shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sayyoramizning birinchi raketkasi Iga Svyontek 1/4 finalda WTA reytingida 24-pog'onada borayotgan rossiyalik 17 yoshli Mirra Andreevani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 3/6, 5/7. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Ikki soatu 40 daqiqa davom etgan bahsda Andreeva 12, Svyontek 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Mirrada ko'proq bo'ldi - 4 ga 2. Breyklar bo'yicha ustunlik esa Iga tomonida bo'ldi - 2 ga 1.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar