28 apr 15:01
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raketkasi Mutua Madrid Open 1/8 finalida
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek Madriddagi WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirning 1/8 final ishtirokchisiga aylandi.
Polshalik tennischi Mutua Madrid Open turnirining uchinchi davrasida WTA reytingida 30-o'rinni egallab turgan ruminiyalik Sorana Kirstyaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/1, 6/1. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 4:0.
77 daqiqalik uchrashuv statistikasi:
Iga Svyontek - eys yo'q, qo'shxato yo'q, 6 ta breyk
Sorana Kirstya - eys yo'q, 2 ta qo'shxato, 1 ta breyk
Endi Svyontek 1/8 finalda Sara Sorribes-Tormoga qarshi kortga chiqadi. Ispaniyalik tennischi o'z o'rnida ikkinchi bosqich bahsida belaruslik Viktoriya Azarenkoni 7/6(0), 6/3 hisobida tasim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar