10 may 06:13
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raketkasi Rimdagi yurishini boshladi
Italiyaning Rim shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Sayyoramizning birinchi raketkasi Iga Svyontek musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. Polshalik tennis malikasi ilk davrada WTA reytingida 77-pog'onada borayotgan amerikalik Bernarda Peraga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/0, 6/2.
Tennischilarning o'zaro uchrshuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. Etmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Svyontek eys zarbasini amalga oshira olmadi, qo'shxatoga ham yo'l qo'ymadi. Oltita breyk unga engil g'alabani taqdim etdi.
Endi Iga 1/16 finalda Yuliya Putincevaga qarshi kortga chiqadi. Qozog'istonlik tennischi o'z o'rnida amerikalik Sloan Stivensdan ustun keldi - 6/3, 6/2.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar