01 sen 11:49
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raketkasi US Open to'rtinchi davrasida
Italiyalik tennischi Yannik Sinner "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining to'rtinchi bosqich ishtirokchisiga aylandi.
Sayyoramizning birinchi raketkasi uchinchi davrada ATP reytingida 87-pog'onada borayotgan avstraliyalik Kristofer O'Konnellni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/4, 6/2. Bu bilan u tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinga chiqib oldi - 2:1.
To'rt daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda Sinner 15, O'Konnell 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar avstraliyalikda ikki barobar ko'p bo'ldi - 4 ga 2. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik Yannikda - 5 ga 0!
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar