06 may 13:44
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning birinchi raketkasining uch oylik diskvalifikaciyasi yakunlandi
"Katta Dubulg'a" turnirlarining uch karra g'olibi, dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner uch oylik tanaffusdan so'ng yana musobaqalarga qaytmoqda.
Italiyalik tennischi antidoping qoidalarini buzganligi uchun uch oyga diskvalifikaciya, yani chetlatish olgan edi. Kecha, 5 may kuni Yannikning jazo muddati yakuniga etdi. Sinner o'z vatanidagi Rim "Masters" turnirida ishtirok etadi. Ushbu nufuzli musobaqa ertaga start oladi.
Malumot uchun, Yannik Sinner 2025 yil hisobida faqat turnir - Australian Open`da ishtirok etdi va unda chempion bo'ldi. Uch oylik tanaffus ham uning birinchi raketka maqomini olib qo'ymadi. Hozir ham Yannik va ikkinchi o'rindagi tennischi o'rtasidagi tafovut 1500 ochkoni tashkil qilmoqda.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar