20 okt 10:20
Yangiliklar

Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Toshkentdagi xalqaro turnir mehmoni bo'ladi (FOTO)
Turnir doirasida 24 oktyabr kuni soat 14:00 da 10 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun maxsus master-klass tashkil etiladi. Tadbirni dunyoning sobiq birinchi raketkasi Dinara Safina o'tkazadi.
2009 yilda dunyoning birinchi raketkasi bo'lgan, Rossiya faxriy sport ustasi va hozirda tennis sharhlovchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Dinara Safina yosh ishtirokchilar bilan o'z tajribasini bo'lishadi.
Dinara Safina — juftlik bahslarida “Katta Dubulg'a” turniri g'olibi (AQSH Ochiq chempionati – 2007), yakkalik bahslarida uch karra “Katta Dubulg'a” finalchisi, shuningdek, juftlik bahslarida yana bir marta “Katta Dubulg'a” finalchisi (AQSH Ochiq chempionati – 2006).
U Olimpiya o'yinlarining yakkalik bahslarida kumush medal sovrindori, WTA turkumidagi 21 ta turnir g'olibi (shundan 12 tasi yakkalik bahslarida), ikki karra Billi Jin King kubogi (2005, 2008) sohibasi, shuningdek, 2009 yilda Rossiya terma jamoasi tarkibida Xofmann Kubogi finalchisi bo'lgan. Safina juftlik bahslarida dunyoning sobiq sakkizinchi raketkasi hisoblanadi.
U — 2000 yilda dunyoning birinchi raketkasi bo'lgan rossiyalik tennischi Marat Safinning singlisidir.
Master-klassdan so'ng avtograf-sessiya va matbuot anjumani o'tkaziladi.
Fikrlar