23 mar 12:16
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning uchinchi raketkasi g'alaba bilan boshladi
SHu kunlarda AQSHning Mayami shahri tennis bo'yicha nufuzli ATP va WTA turnirlariga mezbonlik qilmoqda.
Ayollar o'rtasidagi bahslarda sayyoramizning uchinchi raketkasi Kori Goff o'z ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. Ikkinchi davradan kurashga qo'shilgan amerikalik iqtidor egasi WTA reytingida 78-pog'onadan joy olgan argentinalik Nadya Podoroshkani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/2.
Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Etmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Goff 5 ta eys, 6 ta qo'shxato va 4 ta breyk qayl etdi. Endi u Miami Open uchinchi bosqichida franciyalik Osean Dodenga qarshi kortga chiqadi. Doden o'z o'rnida niderlandiyalik Aranta Rusdan ustun keldi - 6/4, 3/6, 6/3.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar