23 avg 11:17
Yangiliklar
Futbol

DXX kubogi uchun mini-futbol musobaqasi start oldi FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” futbol klubi o'quv-mashg'uloti maydonlarida mini-futbol bo'yicha DXX kubogi uchun respublika final bosqichi o'yinlari boshlandi.
Dastavval musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. So'ngra final bosqichi o'yinlariga start berildi. Mini-futbol uchrashuvlarida viloyatlar, Qoraqalpog'iston respublikasi hamda Toshkent shahri jamoalari 4 ta guruhga bo'lingan holda bellashmoqdalar.
1-tur natijalari bilan tanishing:
Ullubog' (Qoraqalpog'iston) – CHangaron (Buxoro) 1-4
Oqko'l (Xorazm) – Ko'l (Andijon) 0-5
Kattaqishloq (Jizzax) – Bog'bonlar yurti (Surxondaryo) 4-2
Yangiobod (Sirdaryo) – Samarqand (Qashqadaryo) 3-2
Soyguzar (Samarqand) – Uvak (Toshkent viloyati) 0-3
Oqtepa (Farg'ona) – Toshqo'rg'on (Namangan) 5-2.
Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar