So’nggi yangiliklar

10:59Африка Миллатлар Кубоги. Мусобақанинг энг яхшилари аниқланди 0 10:38Ҳумоюн Тўхтамуродовнинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:17MPL раҳбари Маҳмуд Мурадов Mangu MMA Лигаси ҳақида гапирди 0 09:56Tata Steel Chess 2026. Нодирбек Абдусатторов амалдаги чемпионни мағлуб этди, у пешқадамлар сафида 0 09:35Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди 0 09:14Фазлиддин Мадраҳимов Octagon 84 турнирида қайси ҳамюртимиз билан жанг қилиши аниқ бўлди 0 08:53Маҳмуд Мурадовнинг рақиби ўзгарди 0 08:32Оскар Де Ла Хойя: "Бектемир, чемпионлик жанги жуда яқин!" (+ФОТО) 0 08:11Сенегал экстра таймларда Марокашни енгиб Африка кубоги соҳиби бўлди, Диас 90+24 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади 0 07:50Australian Open 2026. Биринчи ракеткамиз дунёнинг учинчи ракеткаси билан 100 дақиқа ўйнади 0 07:29Маҳмуд Мурадов UFC'га қайтиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 07:08Кутганмидингиз? Поп-ММА вакили Жасурбек "Тайсон" Жўраев Камил Каратэ билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 18:33Нани: "Роналдуга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас” 0 18:12Мераб Двалишвили Царукян билан жангга рад жавобини берганини айтди 0 17:51Усик қайси афсонавий боксчи билан жанг қилишни хоҳлашини айтди. Бу на Тайсон ва на Али! 0

27 mar 10:14
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo haqida siz bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar

Dzyudo - ommaviyligi bo'yicha futboldan keyingi o'rinlarda turadigan yakka kurash sport turi!

Bugungi kunda butun kurrai zaminimizda 30 milliondan ziyod kishi dzyudo bilan professional tarzda shug'ullanadi. Ulardan 9 millionga yaqini dzyudo vatani - Yaponiyada istiqomat qiladi. Ikki yuzga yaqin davlat Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)ning to'laqonli azosi hisoblanadi. 

Etiboringizga dzyudo haqida siz bilgan va bilmagan 15 ta qiziqarli fakt taqdim etamiz:   

1) Birinchi dzyudo maktabi ushbu yakkakurash asoschisi Dzigoro Kano (1860-1938) tomonidan 1882 yili ochilgan va unga Kodokan nomi berilgan. Ushbu mo'jazgina maktabning hajmi 4x5 metr bo'lgan xolos. 

2) Yaponiyada dzyudoning sport turi sifatida ommalashishiga 1907 yilda uning maktab dasturiga majburiy fan sifatida kiritilishi sabab bo'lgan.

3) 1903 yilda AQSH prezidenti Teodor Ruzvelt Oq Uyda yaponiyalik taniqli dzyudochi Yosiaka Yamasitani qabul qilgan. Yamasita Prezident huzurida dzyudo usullarini namoyish etib bergan.

4) Prezident Teodor Ruzvelt Yamasitaning ko'rgazmali chiqishidan zavqlanib, Oq Uyda dzyudo bilan shug'ullanish uchun maxsus xona (zal) ajratilishini taminlagan. U erda yaponiyalik murabbiylar Oq Uy mulozimlariga mashg'ulot o'tkazgan. 

5) Evropa qitasidagi birinchi xalqaro musobaqa 1929 yili Germaniyada o'tkazilgan. Unda mahalliy dzyudochilardan tashqari Angliyadan kelgan sportchilar ham ishtirok etgan. 

6) Sambo, aykido va jiu-jitsu aynan dzyudo texnikasi asosida shakllangan sport turlari hisoblanadi. Nomlari tilga olingan yakkakurash turlari asoschilari - Vasiliy Oshepkov, Morixey Uesiba va Micui Maeda yoshlik chog'larida dzyudo bilan shug'ullanishgan.

7) Musobaqalarning ilk bor vazn toifalariga ajratilib o'tkazilishi 1954 yilda ro'y bergan. O'shanda Parij shahrida o'tkazilgan Evropa chempionatida vaznlar bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlangan.

8) Dzyudo ilk bor 1964 yili Tokioda o'tgan XVII Yozgi Olimpiada dasturiga kiritilgan edi. O'shandan beri har to'rt yilda olimpiya o'yinlarida dzyudo bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlab kelinadi. Faqat 1968 yili Mexiko shahrida o'tgan Olimpiadada dzyudo bo'lmagan. 

9) 1988 yilgi Olimpiadada ayollar o'rtasida ko'rgazmali chiqishlar bo'lgan. 1992 yilgi olimpiya o'yinlaridan etiboran rasman ayol dzyudochilar o'rtasida ham medallar jamlanmasi o'ynalgan. Bugungi kunda erkaklar va ayollar o'rtasida 7 tadan vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.    

10) SHubhasiz, Olimpiadada dzyudo bo'yicha eng ko'p medallarni yaponiyaliklar qo'lga kiritishgan. Dzyudo vatani vakillari 36 ta oltin, 18 ta kumush, 18 ta bronza, jami 72 ta Yozgi olimpiya o'yinlarining medali bor. Medallar jamg'arish bo'yicha kuchli uchlikdan Franciya va Janubiy Koreya terma jamoalari joy olishgan.  

11) Mustaqil O'zbekiston sport delegaciyasiga ilk medalni ham aynan dzyudochi taqdim etgan. Atlanta-96 Olimpiadasida Armen Bagdasarov kumush medalni qo'lga kiritgan. Undan keyin Abdulla Tangriev kumush, Rishod Sobirov Olimpiadaning uchta bronza medaliga sazovor bo'lgan. 2016 yilgi Rio Olimpiadasida Diyorbek O'razboev dzyudochilarimizning yoqimli ananasini davom ettirib, bronza medali bilan taqdirlangan.   

12) 1961 yili Parij shahrida o'tgan Jahon chempionatida gollandiyalik Anton Gesink oltin medalga ega chiqqan. Bu bilan niderlandiyalik sportchi yaponiyalik bo'lmagan ilk jahon chempioni nomini o'zi uchun muhrlagan. Ungacha Kunchiqar yurt vakillari oltin medalni begona qilmay kelishayotgan edi.  

13) Dzyudoda 12 ta DAN bor. Lekin to'liq DANlarni olish birgina dzyudo asoschisi Dzigoro Kanoga nasib qilgan. Qolganlar xatto 11 DANni ham olmagan. Rossiya Federaciyasi Prezidenti Vladimir Putin 8 DAN sohibi hisoblanar ekan. 

14) Etti qavatdan iborat zamonaviy Kodokan zali dunyodagi eng katta dzyudo zali hisoblanadi. Uning maydoni - 1100 kv.m.

15) Butun dunyoda, shu jumladan O'zbekistonda ham har yili 28 oktyabr sanasida Butunjahon dzyudo kuni keng nishonlanadi. Ushbu sanada dzyudo asoschisi Dzigoro Kano tavallud topgan. O'tgan yilgi bayram tadbirlari “Daraxt ek!” shiori ostida o'tkazilgan edi. Bu ko'chat ekish marosimlari zamirida atrof-muhit va tabiatni asrash singari ezgu ishlar mujassam. 

Dzyudoga oid qiziqarli malumotlar, faktlar bisyor. Bizni kuzatishda davom eting!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing