23 okt 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov Dvalishvili haqida: "U revanshda nima bo'lishini biladi"
Umar Nurmagomedov Merab Dvalishviliga javob qaytardi.
Avvalroq Merab Umar chempionlik imkoniyatiga ega bo'lishi uchun 2-3 ta jangda g'alaba qozonishi kerakligini aytgandi.
"Nima deyishim mumkin? Bu shunchaki uning fikri. U istagan gapini gapirishi mumkin, ammo haqiqiy vaziyat boshqacha bo'ladi. Barcha uning nimaga unday deyayotganini biladi. U revanshda nima bo'lishini biladi. U barchasi juda yaqin bo'lganini, kulgili bo'lganini bilgandi. Buni barcha ko'rdi", - dedi Umar Nurmagomedov.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar