23 okt 20:42
Yangiliklar
Boks/MMA

ACA 194. Xolmurod Nurmatovning rossiyalik tajribali raqibga qarshi jangi yakunlandi
BAAning Dubay shahrida davom etayotgan MMA bo'yicha ACA 194 turnirida o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroki nihoyasiga etdi.
Eng engil vazn toifasida Liga reytingida 12-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Xolmurod Nurmatov turnir doirasida rossiyalik Umalat Israilov bilan bahs olib bordi.
Prelim kardda o'tkazilgan 3 raundlik jang to'liq davom etdi. Yakunda Israilov hakamlarning yakdil qarori bilan 29-28, 29-28 va 29-28 hisobida g'alabasini rasmiylashtirdi.
Bungacha Umalat Israilov ACA reytingida Xolmuroddan bir pog'ona pastda, aniqrog'i, 13-o'rinda borayotgandi.
Bugungi natijadan keyin Nurmatovning mag'lubiyatlari soni 9 taga etdi. Umalat esa karerasidagi 18-g'alabasini nishonladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar