23 okt 19:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidyoqub Qahramonov ishtirokidagi jang bir raund ham davom etmadi
Dubayda MMA bo'yicha ACA 194 turniri boshlandi.
Turnir prelim kardi doirasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Saidyoqub Qahramonov oktagonga ko'tarildi.
29 yashar hamyurtimizga misrlik Omar El Bili raqiblik qildi. 3 raundga mo'ljallangan bellashuv dastlabki besh daqiqalikdayoq nihoyasiga etdi. Saidyoqub raqibini bo'g'ish usuli orqali taslim etdi.
Bu UFC sobiq jangchisi Saidyoqubning prof karerasidagi 16-jangida qo'lga kiritgan 13-g'alabasi bo'ldi. Uning hisobida 3 ta mag'lubiyat ham bor. Omar El Bilining rekordi esa endi 6-4-0 ko'rinishida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar