23 okt 19:35
Yangiliklar

Taekvondo bo'yicha Jahon chempionatining ilk kunida Mavlonov va Mirabzalova ishtirok etadi
Dunyoning 150 dan ortiq mamlakatidan 1000 nafarga yaqin taekvondo ustalari ishtirok etadigan Jahon chempionatining dastlabki kunida erkaklar eng og'ir — +87 kg, ayollar esa -57 kg vazn toifalarida bahs olib borishadi.
Kun davomida milliy terma jamoamiz azolari — Marat Mavlonov (+87 kg) hamda Madina Mirabzalovaga (-57 kg) muxlislik qilamiz.
Jahon chempionati
Erkaklar o'rtasida +87 kg vaznda 1/16 final bosqichi:
Marat Mavlonov (O'zbekiston) — Seydu Seyni Suleymani (Nigeriya)/Jonatan Louren (Martinika orollari) bahsi g'olibiga qarshi;
Jahon chempionati
Ayollar o'rtasida -57 kg vaznda 1/32 final bosqichi:
Madina Mirabzalova (O'zbekiston) — Ingibjorj Gretarsdotir (Islandiya).
Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 6:00 da boshlanishi belgilangan.
Fikrlar