23 okt 17:36
Yangiliklar
Boks/MMA

BUM! Tarixda ilk bor o'zbekistonlik sportchi Dana Uaytning shapaloqlar Ligasi - Power Slap'da qatnashadi!
Ertaga Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Power Slap 16 turniri o'tkaziladi.
Ahamiyatlisi, unda o'zbekistonlik atlet Diyorbek Otajonov ham ishtirok etadi.
Bungacha MMA, jiu-jitsu va sport kurashlari bilan shug'ullanib kelgan Otajonovga Power Slap 16 turnirida amerikalik Koltin Koul raqiblik qiladi. Koul bunga qadar shapaloqlar Ligasida ikkita jang o'tkazib, bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etgan.
Diyorbek esa o'zbekistonliklar ichida birinchi bo'lib, mazkur Ligada debyut qiladi. Musobaqa ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar