20 noy 18:23
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochilarimiz Belgradda o'tkaziladigan CHempionlar Ligasiga yo'l olishdi
22 noyabr kuni Serbiya poytaxti Belgrad shahrida klublar o'rtasidagi Champions League 2025 turniri bo'lib o'tadi.
Unda Qozog'istonning "Jenis" klubi ham ishtirok etadi. Ushbu jamoa tarkibida uch nafar dzyudochimiz - SHahzodxo'ja SHaripov, SHahram Ahadov va Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Muzaffarbek To'raboev ham bo'lib, ular bugun Serbiyaga jo'nab ketishdi.
Yana bir tajribali dzyudochimiz Alisher Yusupov esa Franciyaning "Pari-Sen-Jermen" klubi safida CHempionlar Ligasi turnirida qatnashadi. Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori ayni paytda jamoasi bilan birga aynan Franciya poytaxtida bo'lib turibdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar