01 sen 08:43
Yangiliklar

Eddi Xirn: Joshua Usik bilan jangda barcha savollarga nuqta qo'yishi kerak, bizning keyingi maqsadimiz - Fyuri - Uaylder!
"Keyin Joshua chempionlik unvoniga ega bo'lgan bokschi bilan jang qiladi. Savol raqib Uaylder yoki Fyuri ekanligida emas. Asosiysi - mutlaq chempion kamari va WBC chempionligi!
Menda dahshatli qo'rquv va hadik borki, Fyuri - Uaylder jangi 9 oktyabrda o'tkazilmaydi. Umid qilamanki, ular jang qilishadi, lekin bunga ishonchim komil emas. Boshqa tomondan, Joshua faqat Usik bilan muammolarni hal qilishi kerak. Bu juda og'ir jang bo'ladi.
Ammo kim Uaylder - Fyuri to'qnashuvida g'alaba qozonsa, bizning nishonimiz aynan shu bokschi bo'ladi. Mutlaq chempionlik har doim eng muhim bo'lgan, lekin birinchi navbatda 25 centyabr kundagi Usik bilan jang", - dedi Xirn.
Malumot uchun, Joshua - Usik jangi 25 sentyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi. Fyuri - Uaylder trilogiyasiga 9 oktyabr kuni Las -Vegas shahri mezbonlik qiladi.
Fikrlar