16 noy 17:17
Yangiliklar
Futbol
Edegor "Arsenal"ning 3 o'yinini miya chayqalishi sabab o'tkazib yuborgan
"Arsenal" va Norvegiya termasi yarim himoyachisi Martin Edegor "Nyukasl", "Sevilya" va "Byornli"ga qarshi o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmadi.
Mashg'ulot vaqtida to'p futbolchining yuziga tekkan. Zarba ancha kuchli bo'lgan va Edegor o'zini yomon his qilgan. Tibbiy tekshiruvlardan keyin esa Edegorda miya chayqalishi aniqlangan.
Qoidalarga ko'ra, bunday vaziyatda o'yinchilar 6 kun davomida dam olishlari zarur. Agar hech qanday simptomlar kuzatilmasa, sportchi mashg'ulotlarga qaytishi mumkin. Takidlanishicha, Edegor "Arsenal" tarkibiga xalqaro pauzadan keyin qaytadi.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar