29 dek 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/25678_220.jpg)
Edson Barboza: "Nurmagomedovning muammosi meni qiziqtirmaydi"
Braziliyalik aralash qoidalar jangchisi Edson Barboza Xabib Nurmagomedovga qarshi jang oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Xabib vaznini to'g'irlay oladimi? Meni bu qiziqtirmayapti. Bu narsa haqida umuman o'ylamayapman. Hozir bor etiborni o'zimga qaratganman. Boshqalarning muammosi menga qiziq emas.
MakGregor yoki Toni Fergyuson? Bu qiyin vaziyat. Lekin, men uchun Toni haqiqiy chempion. U chempionlik kamariga loyiq. Umid qilamanki, keyingi jangimni aynan unga qarshi o'tkazaman.
Xabib bilan bo'ladigan jangga tayyorman. Haqiqiy to'qnashuvga tayyorlandim. Umid qilamanki jang mana shunday bo'ladi", - dedi Barboza.
Havola :
Manba : My Life is MMA
Fikrlar