06 avg 07:20
Yangiliklar
Futbol

Ektor Kuper Toshkentga etib keldi FOTO
Bugun erta tongda O'zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi argentinalik Ektor Kuper joy olgan samolyot Toshkentga kelib qo'ndi.
Ektor Kuperni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'FA mutasaddilari, muxlislar va jurnalistlar tantanali kutib olishdi.
Argentinalik mutaxassis hozirgina poytaxtimizdagi «Miran» mehmonxonasiga joylashdi.
Qayd etish kerak, Ektor Kuper bilan birgalikda uning yordamchilari ham yurtimizga kelishgan.
Eslatib o'tamiz, bugun soat 15:00da MOQ anjumanlar zalida Ektor Kuper O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi va jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar