16 fev 13:17
Yangiliklar
Eldor SHomurodov murabbiyi Nuri SHaxin, to'purarlik poygasi va "Fenerbaxche" haqida gapirdi
- Nuri SHahin kelgach jamoada o'sish kuzatildi...
- O'yin tomonlama ancha o'sdik. Kerakli ochkolarni qo'lga kiritdik. Katta o'yinlarda nimadir etishmayapti. Gol o'tkazib yubormaslik uchun ko'proq ishlashimiz kerak, biz uchun bir ochko ham ochko.
- To'purarlik poygasi ham avjiga chiqmoqda...
- Albatta, to'purar bo'lsam, xursand bo'laman. Ammo birinchi navbatda jamoa bilan Evropa Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritishimiz kerak.
- Transfer oynasi yopilguniga qadar Turkiyada kun mavzusi bo'lib turdingiz. "Fenerbaxche"dan taklif bilan chiqishdimi?
- O'zim bu haqda faqat internetda o'qidim. Mengacha etib kelgani yo'q. Bu erda hammasi yaxshi ketyapti. Murabbiy bilan munosabatlarim yaxshi. U ham ketishimni istamasdi.

Fikrlar