07 fev 14:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Eleyder Alvares: Kovalyov bilan uchinchi marotaba jang o'tkazishni istayman
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Eleyder Alvares rossiyalik Sergey Kovalyov bilan uchinchi marotaba jang o'tkazish istagida ekanligini malum qildi.
O'tgan yakshanba kuni kolumbiyalik bokschi WBO chempionlik kamarini Kovalyovga boy berib qo'ygandi. 2 fevral kuni bo'lib o'tgan revansh jangida rossiyalik bokschi ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, kamarini qaytarib olgandi.
“Men Sergey bilan yana bir bor jang o'tkazishni istayman. Hozircha hisob teng bo'lib turibdi. Orani ochiq qilib olish uchun uchinchi jang ham o'tkazilishi kerak. Men revansh jangida raqibimni nokautga uchratishni reja qilgandim”, - dedi 34 yoshli Alvares.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar