04 fev 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Eleyder Alvares: O'zimni mag'lub deb hisoblamayman
Kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Eleyder Alvares kechagi mag'lubiyatiga izoh berdi.
Kecha Eleyder rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi kechgan revansh jangida ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchrab, o'ziga tegishli bo'lgan yarim og'ir vazn toifasidagi WBO chempionlik kamaridan mahrum bo'lgandi.
“O'zimni oqlashga harakat qilmayman. Agar jang taqdirini hakamlar hal qilsa, u holda Kovalyov favorit bo'lishini bilgandim. Men yomon jang o'tkazmadim va o'zimni mag'lub deb hisoblamayman. Keyin Kovalyovning g'alabasini ham tan olmayman”, - dedi Alvares.
Eslatib o'tamiz, kecha AQSHning Frisko shahrida o'tgan jangda Sergey Kovalyov raqibini 116:112, 116:112, 120:108 hisobida mag'lub etib, WBO chempionlik kamarini qaytarib olgan edi.
Havola :
Fikrlar